Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumqulining 300 yilligiga bag‘ishlanadi
Ma'lumki joriy yilda mamlakatimizda buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash belgilangan. Joylarda shu munosabat bilan turli ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Bugun, ya'ni 19 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Atoqli Turkman xalqining farzandi Maxtumquli hayoti va ijodi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etildi.
Mazkur kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston yozuvchilar yushmasi a'zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga mehnati singan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali sohibi A.Otepbergenov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «Turkman tili va adabiyoti» kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor O.Gaylieva, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va filial o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni ochib berdi va olib bordi.
Kecha mehmonlari so‘zga chiqib, Turkman xalqining ulug‘ farzandi Maxtumqulining hayoti va ijodi, uning qalamiga mansub she'rlar turkiy millatlar, shu jumladan o‘zbek xalqining ham ma'naviy mulkiga aylanganligi, go‘zal misralari o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilganligi, ulug‘ ijodkor xotirasiga bag‘ishlab badiiy asarlar, kinofilmlar va spektakllar yaratilganligi haqida batafsil aytib o‘tishdi. Yig‘ilganlarga Prezidentimiz tashabbusi bilan «Maxtumquli» filmi yaratilishi rejalashtirilganligi ma'lumot o‘rnida aytib o‘tildi. Tadbir davomida QDUning turkman tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlari tomonidan Maxtumquli she'rlarining ijro etilishi, barchaga xush kayfiyat ulashdi. Talaba-yoshlarga atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumqulining ijodiy faoliyati haqida keng tushunchalar berildi.
скачать dle 12.1