Mehnat yarmarkasida talabalar ish bilan ta'minlandi
Joriy yilning 19-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bitiruvchi kurs talabalarining ijtimoiy sharoitini yaxshilash hamda bandligini ta'minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda filil rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosar Q.Pirnazarov, Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining professori A.Mavlonov, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi kurs talaba yoshlari qatnashdi.
Filial direktori, professor Adilbay Esimbetov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda so‘zga chiqqanlar, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning porloq kelajagiga, ularning hunar o‘rganib, yetuk bilimli bo‘lishiga, davlat rahbari darajasida e'tibor qaratilib, yoshlarni ish bilan ta'minlash borasidagi ishlar yanada kengayib, imkoniyatlar yaratib berilayotganligi haqida gapirib o‘tishdi. Tashkil etilgan yarmarkada 40 dan oshiq ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tashrif buyurgan ish beruvchilar bitiruvchi bosqich talabalari bilan yaqindan muloqot olib borishdi. Olib borilgan suhbat davomida ish beruvchilar va talabalar o‘rtasida 87 ta mehnat shartnomasi imzolashga erishildi. Ma'lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida 5 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 360 nafar talaba o‘qishni bitiradi. Albatta, ularning har biri katta hayotga to‘g‘ri yo‘naltirilib, ish bilan ta'minlanishi borasida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tadbir doirasida talabalarga bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berilib, ish beruvchilar tomonidan ularga tegishli tavsiyalar berib o‘tildi. Kelgusida talabalar bandligini ta'minlashga yanada yaqindan ko‘mak berish yuzasidan fikr almashildi.
скачать dle 12.1