Talabalar ichki turizm rivojiga hissa qo‘shdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining 1-bosqich 101 va 102-guruh talabalari «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasining tarix fani o‘qituvchisi E.Seytmuratov hamrohligida Xo‘jayli tumanidagi Mizdakxan tarixiy esdalik majmuasiga sayohat qilishdi. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” – ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur sayohat davomida turli mamlakatlardan xorijiy turistlar tashrif buyuradigan arxeologik esdaliklardan biri hisoblangan Mizdakxan tarixiy esdalik majmuasi haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.
—Talaba-yoshlarni shahrimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishtirish, ular bilan birgalikda ziyorat qilib ularda aniq taassurotlarni uyg‘otish maqsadida uyushtirgan sayohatimiz ularga juda manzur bo‘ldi—deydi E.Seytmuratov—shu kabi madaniy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish orqali yoshlarimiz qalbida tarixiy obidalarimizga va madaniyatimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish bilan birga ichki turizm rivojiga ham hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Yosh sayohatchilarga Mizdakxan tarixiy esdalik majmuasi xududidagi me'moriy obidalar va ularning tarixi batafsil so‘zlab berildi. 1-bosqich talabalari Xo‘jayli tumanidan bir olam taassurot bilan qaytishdi. Ular qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan birga vaqtlarini mazmunli tarzda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.
скачать dle 12.1