Talaba qizlar uchun«Ixtirochi ayollarga yangi imkoniyatlar» mavzusida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi majlislar zalida «Ixtirochi ayollarga yangi imkoniyatlar» mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba-qizlari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva hamrohligida ishtirok etishdi.
Tadbir boshida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar qanoti bo‘limi boshlig‘i K.Xudaybergenova va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Xotin-qizlarning siyosiy faolligini jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi boshlig‘i G.Xojanova so‘z olib, Mamlakatimizda turli sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan ayollar, ayniqsa Xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.
U o‘z nutqi davomida yoshlarga biznes sohasi bo‘yicha muvaffaqiyatlarga erishish uchun taqdim etilgan imkoniyatlar, «Yoshlar markazi» binosida tashkil etilgan «Biznes klub»ta yangi ixtirolar va kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar mavjud ekanligi va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni berib o‘tdi. Tadbir davomida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bosh mutaxassisi N.Utemuratova so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda ixtirochi ayollar safini yanada kengaytirishga va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ijobiy natijalarga erishish, xalqaro darajalarga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tdi. Talaba-qizlar seminar davomida kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1