Zooinjeneriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun online ma'ruza tashkil etildi
Yaqindagina Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining o‘qituvchisi tomonidan filial talaba-yoshlari uchun online ma'ruza tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Bugun mazkur universitetining o‘qituvchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Baymaji Erlik ishtirokida Zooinjeneriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun online dars olib borildi.
«Hayvonlar biotexnologiyasi va uning yutuqlari» mavzusida o‘tkazilgan online ma'ruza davomida hayvonlar biotexnologiyasi turli hil hayvonlar va tadqiqot usullarini o‘z ichiga olishi, hayvonlarni oziqlantirish uchun biotexnologiyalar ko‘pincha mikroorganizmlardan, shu jumladan rekombinant DNK texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilganlardan foydalanishga asoslanganligi bo‘yicha keng tushunchalar berib o‘tildi. Dars davomida talabalar kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Mazkur online ma'ruza ayni paytda Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida malaka oshirayotgan«Zooinjeneriya» kafedrasining katta o‘qituvchisi Z.Dawletovaning tashabbusi bilan tashkil etildi. Ma'ruza yakunida «Zooinjeneriya» kafedrasi mudiri X.Mamatov ma'ruzachiga qiziqarli ma'lumotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
скачать dle 12.1