SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI«Zooinjeneriya» kafedrasi o‘qituvchisi Qozog‘istonda malaka oshirmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
Jumladan, mazkur universitet bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilib, filial o‘qituvchilari Qozog‘istonga borib malaka oshirib kelmoqda. Ayni kunlarda «Zooinjeneriya» kafedrasining katta o‘qituvchisi Z.Dawletova Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida bo‘lib, navbatdagi malaka oshirishda bevosita ishtirok etmoqda. O‘qituvchimiz tashrifning dastlabki kunlarida universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va o‘quv jarayonini o‘rgandi. —Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti bilan do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlab kelmoqdamiz—deydi Z.Dawletova—mening bu yerga ilk tashrifim qaynoq taassurotlarga boy tarzda o‘tmoqda. Bu yerda Qozog‘iston tajribalarini o‘rganish bilan birga, talabalar bilan yaqindan muloqot olib borib, ularga Qoraqalpog‘istondagi baliqchilik tarmog‘i bo‘yicha ma'lumotlarni bo‘lishmoqdaman. Filialimiz o‘qituvchisi Z.Dawletova universitet talabalariga «Baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi» mavzusida master-klass o‘tdi. 1 oy mobaynida ya'ni, joriy yilning 1-may sanasiga qadar Z.Dawletova hamkor Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida tajriba orttirib, talaba-yoshlarga ma'ruzalar o‘tishi rejalashtirilgan.Axborot xizmati