Keksa avlod vakillari talabalar bilan hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi
Joriy yilning 9 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zalida talaba-yoshlar ishtirokida "Yosh vatanparvarlarni tarbiyalash-fahriylarning muqaddas burchidir" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston “Veteran” jangchi-fahriylar va nogironlar birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i A.Bekmuratov, nafaqadagi mayor U.Allayarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xalqimizning farovon hayotini, tinchligi, baxti-saodatini o‘ylab qilinayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlar zamirida tinchlik degan ulug‘ ne'mat mujassam ekanligi, Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan «Inson qadri uchun!» shiori ostida olib borilayotgan ezgu ishlar, Qurolli Kuchlarimiz bizning bugungi osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati sifatida xizmat qilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Tashri buyurgan mehmonlar talaba-yoshlarga o‘z xizmat faoliyati haqida batafsil gapirib, vatan himoyasi har birimiz uchun muqaddas burch ekanligi, ushbu muqaddas insoniylik burchimizni bajarish yo‘lida ezgu ishlarni amalga oshirish zarur ekanligini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Talaba-yoshlarga bizga tuhfa etilgan osuda hayot uchun minnatdor bo‘lishimiz va tinch turmushimiz uchun shukronalar keltirish tavsiya etib o‘tildi. Nafaqadagi mayor U.Allayarov talaba-yoshlar bilan o‘z hayot tajribalarini o‘rtoqlashdi.
скачать dle 12.1