Talabalarga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tushunchalar berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti moliya kafedrasining dotsenti A.Juzbaev, «Iqtisodiyat» fakultetining 3-bosqich talabalari U.Kamalov, O.Smaylov, O.Radjabova, X.Jumamuratova, filial profilaktika inspektori Q.Qayipnazarov, talabalar hamda texnikum o‘quvchilari qatnashdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni ochib berdi va olib bordi.
Tadbirda so‘z olganlar, bugungi kunda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dolzarb masala ekanligi, mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, moliyaviy xavfsizlik haqida to‘xtalib o‘tdilar. Mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga raqamli moliyaviy savodxonlik, insonlarning moliyaviy sohadagi bilim va ko‘nikmalari, moliyaviy savodxonlik asoslarini yaxshi bilish real maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘lida ishonch bilan harakat qilish imkonini berishi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, firibgarlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga turli maqsadlarda plastik kartalarga pul tashlab berish kabi amalga oshirilayotgan moliyaviy firibgarliklardan ogoh bo‘lish zarur ekanligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Talabalar mavzu yuzasidan batafsil tushunchlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1