Buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlanadi
Shu kunlarda joylarda benazir sarkarda va davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 9-aprel xalqimiz dahosining timsoli Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan «Sarkarda Amir Temur ma'naviy va ma'rifiy homiysi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov, Qoraqalpoq davlat universitetining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.Seytimbetova, filialning «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasi assistent-o‘qituvchisi N.Jamalov, o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni ochib berdi va olib bordi.
Tadbir boshida Amir Temurning hayot yo‘li, yetakchi rahbar sifatida xalqning beg‘ubor orzu-umidlari ruyobga chiqishiga o‘zining ulkan hissasini ko‘shgan buyuk sarkarda ekanligi, siyosat maydoniga kirib kelishi haqida gapirib o‘tildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Hazrati Amir Temur bobomiz o‘z davrining qudratli davlat asoschisi bo‘lganligi, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat rivojiga beqiyos hissa qo‘shganligi, tarixda ijobiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatib o‘z muhrini qoldirganligi qayd etib o‘tildi. Tadbir davomida buyuk bobokalonimizning hayoti, siyosiy va harbiy faoliyati, ulkan jasorati va jo‘shqin shijoati talaba-yoshlarda havas va hayrat uyg‘otdi. Sarkarda Amir Temurning xotirasi barchamizning qalbimizga muhirlanganligi yana bir marta e'tirof etildi.
скачать dle 12.1