Filial talabalari fan olimpiadasida munosib o‘rinlarni egallashdi
Tayanch oliy o‘quv yurtimiz bo‘lgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 5-apreldan start olgan fan olimpiadalarining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu olimpiadada filialning jami 17 nafar talabasi ishtirok etdi. 10 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilgan fan olimpiadasi ikki bosqichda o‘tkazildi.
—Joriy yil Qo‘mita raisining tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun ko‘hna Samarqand shahriga «Zooinjeneriya» va «Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi» o‘qituvchilari va talabalar bilan tashrif buyurdik —deydi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Turganbaev— Har doimgidek bizni juda iliq kutib olishdi. Talabalarimiz 10 ta mutaxassislik fanlaridan test savollari va amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarib, bilimlarini sinab ko‘rishdi. Natija yomon bo‘lmadi. Kelgusida shu kabi fan olimpiadalarini an'anaviy tarzda o‘tkazib borish rejalashtirilganligi albatta bizni behad quvontirdi.
Quvonarlisi, ikki kun davom etgan fan olimpiadasida filialning 10 nafar talabasi ijobiy natija ko‘rsatib, 2 va 3-o‘rinlarni egallashga erishdi. — Samarqanddan Nukusga bir olam taassurot bilan qaytdik —deydi 2-bosqich talabasi B.Bazarbaeva — olimpiadaning ikkinchi amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish mobaynida amaliy bilimlarimizni yanada mustahkamlashimiz lozim ekanligini angladik. Universitet rektori, professor X.Yunusov barcha g‘olblarni samimiy qutlab, 16-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi”da barcha sovrindorlar munosib taqdirlanishini ta'kidlab o‘tdi.
скачать dle 12.1