Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Deputat va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent I.Quttimuratova, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar qanoti bo‘limi boshlig‘i K.Xudaybergenova va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng I.Quttimuratova so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor, barcha sohalarda ular uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jamiyatimizda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar va o‘zgarishlar haqida qayd etib o‘tdi.
Olib borilgan ochiq muloqot davomida deputatlik faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar, xalq vakili sifatida deputat zimmasidagi mas'uliyat yuki, xalqning ishonchini oqlash va mehrini qozonish uchun hamiysha ularning orasida bo‘lishga intilishi va odamlarning quvonchini hamda dardini his qila bilish zarur ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Uchrashuv qahramoni talaba-yoshlar bilan o‘z hayotiy tajribalarini bo‘lishdi.
— Inson hayoti davomida muvaffaqiyatga erishganlarga hasad emas, havas bilan qarab, ezgu maqsadlarga intilsa, yoshligidan ilm olishga, yuksak ahloqli va ma'rifatli inson bo‘lishga astoyidil harakat qilsa, albatta yuksak marralarga erishadi— dedi I.Quttimuratova. Yoshlar bilan olib borilgan suhbat davomida deputat tomonidan ularning ham fikr va takliflari tinglandi. Mazkur muloqot filial talaba-yoshlarida iliq taassurot qoldirdi.
скачать dle 12.1