Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlanadi
Joriy yilning 4 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan filial direktori A.Esimbetov, yig‘ilganlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabriklab o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘limi katta prokurori, podpolkovnik Q.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi a'zosi, Qoraqalpoq davlat universiteti professori E.Qutibaeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Berdiev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘limi katta prokurori, kapitan R.Jalg‘asbaevlar so‘zga chiqib, har bir millatning, davlatning rivoj topishida amaldagi qonunlar muhim ahamiyat kasb etishi, mamlakat taraqqiyoti bevosita Bosh qomusimizdagi yangilanishlar bilan belgilanishi, Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlab berishi haqida ta'kidlab o‘tishdi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi va bugungi kunga kadar kirgizilgan o‘zgarishlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Mamlakatimizda har javhada erishilayotgan katta yutuqlar zamirida insonlarning huquq va erkinliklardan emin-erkin foydalanish imkoniga ega ekanligi mujassamligi va ularning har biri tarix sifatida Konstitutsiyaga muhirlanib borishi qayd etildi. Har birimiz asosiy qonunimiz ya'ni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatidan xabardor bo‘lishimiz lozim. Zero, Bosh qomusimiz mamlakatimizda yuz berayotgan har qanday o‘zgarish va yangilanishlarning huquqiy asosi hisoblanadi.
Tadbirda talaba yoshlarga amaldagi Konstitutsiyasi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega ekanligi keng tushuntirildi.
скачать dle 12.1