Talabalar mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zalida «Jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar qanoti bo‘limi boshlig‘i K.Xudaybergenova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov, profilaktika inspektori Q.Qayipnazarovlar so‘zga chiqib, har qanday xalq va millatning hamjihatligida milliy g‘oya muhim o‘rin tutishi, shu jumladan, rivojlanish yo‘lida borayotgan mamlakatimizda ham ushbu masala muhim ahamiyat kasb etishi, buzg‘unchi mafkuraga qarshi ezgu g‘oyalar asosida kurash olib borishni targ‘ib qilish dolzarb masala ekanligi haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga mafkuraviy immunitet qanday shakllanishi, mafkuraviy xurujlar va ularga qarshi kurashda nimalarga urg‘u berish zarur ekanligi, bugungi globallashuv davrida yot g‘oya va mafkuralar ta'siriga tushib qolmaslik, ularga qarshi milliy g‘oya va ezgulikka tayangan holda kurashish kerak ekanligi xususida tushunchalar berib o‘tildi. K.Xudaybergenova uchrashuv ishtirokchilariga ijtimoiy tarmoqlardagi soxta g‘oya va mafkuralarni targ‘ib qiluvchi norasmiy kanal va guruhlardagi yolg‘on ma'lumotlarga ishonmaslikni va ularning ta'siriga tushib, aldanib qolmasliklarini, bunday materiallardan foydalanmasliklarini tavsiya qilib o‘tdi. Shuningdek, mavzuga oid kerakli ma'lumotlarni keltirib, atroflicha tushunchalar berdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar mafkuraviy immunitet bo‘yicha to‘laqonli tushunchalarga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1