SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI"Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi" » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » "Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi"
"Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi"
Ma'lumki, so‘nggi yillarda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada ezgu ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Zero, badiiy kitoblar mutolaasi ularning intellektual saviyasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Joriy yilning 3 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazi bo‘limi tomonidan “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbir boshida kutubxonachi R.Bekmuratova va tyutor J.Mambetniyazovlar tomonidan kitobning inson kamoloti va jamiyat ravnaqidagi o‘rni muhim ekanligi ta'kidlandi. Yarmarka doirasida talabalar «Kitob dunyosi» kitob do‘koniga tashrif buyurib, adabiy-badiiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur yarmarka filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ma'naviyatini va dunyoqarashini yanada yuksaltirish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib borish, shu orqali esa ularning qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. – Kitob bilan do‘st tutingan inson hayot yo‘lida hech qachon qoqilmaydi, – deydi Axborot-resurs markazi bo‘limi kutubxonachisi R.Bekmuratova –Kitob mutolaasiga yaqin inson bilimli, yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida katta maqsadlarga intiladi va samarali natijalarga erishadi. Biz talabalarga mana shu ezgu g‘oyalarni singdirishga harakat qilamiz, zero bugungi tadbir ham aynan shu maqsadda tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.