Talabalarga OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari tomonidan tushunchalar berildi
Joriy yilning 2 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zalida OITSga qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi shifokor-metodisti A.Djanibekova va shifokor yordamchisi D.Dalieva, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, OITS va OIV infektsiyasining oldini olish, aholining, ayniqsa yoshlarning sanitariya-gigiena madaniyatini yanada yuksaltirish va ularni turli boshqa illatlar ta'siridan asrash, OITSga chalinmaslik uchun qanday oddiy qoidalarga amal qilish kerak ekanligi haqida to‘xtaldi.
Yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromida virus organizmda qanday ko‘payishi, qon aylanish tizimiga tushgan virus hujayralarga qanday hujum qilishi jarayoni, bosqichlari, diagnostika va davolash, OIV profilaktikasi haqida zarur ma'lumotlar berildi. Talaba-yoshlarga hayotiy misollar keltirilib, atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir savol-javob shaklida davom etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
скачать dle 12.1