Mahallalar bilan hamkorlikda ish olib borish o‘z samarasini beradi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mahallalar ravnaqi porloq kelajagimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida har bir kafedra mahallalarga biriktirilgan. Jumladan, «Zooinjeneriya» kafedrasiga «Qutli qonis» MFY biriktirilgan bo‘lib, ular bilan birgalikda ish olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Kafedra mudiri X.Mamatov hamda o‘qituvchilari Z.Dawletova, Y.Sultanov, Q.Sarsenbaevlar ushbu mahallaga tashrif buyurib, mahalla raisi G.Berdiniyozova bilan muloqot olib bordi.
Suhbat davomida mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, suhbatlar olib borish, ularning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib har xil tanlov va tadbirlar tashkil etish, maktabning bitiruvchi o‘quvchilarini filialga o‘qishga taklif qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga yordam berish, mahalla nuroniylari holidan muntazam ravishda xabar olib turish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. —Biz kafedramizga biriktirilgan mahalla bilan samarali o‘zaro aloqalarni o‘rnatib, bu yerdagi fuqarolarning muammolarini o‘rganib, imkon darajasida amaliy yordam berib borishga tayyormiz— deydi kafedra mudiri X.Mamatov. Mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tishini ta'minlash va sharoit yaratish kerak ekanligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
скачать dle 12.1