Manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muloqot olib borildi
Joriy yilning 28-mart kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri G.Kutlieva va B.Turaevalar tashrif buyurdi.
Dastlab, ular filial direktori Adilbay Esimbetov qabulida bo‘lib, muloqot olib bordi. Suhbat davomida kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlab borish, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mehmonlarga filialning bugungi kundagi ilmiy salohiyati va erishib kelinayotgan samarali natijalar haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.
Hamkorlikda yirik ilmiy loyihalarda ishtirok etish, shu yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Filialning ilmiy salohiyati darajasini yanada oshirishni ta'minlash bo‘yicha so‘z yuritildi. Hamfikrlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi muhim masalalar muhokama etildi.
скачать dle 12.1