Hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish tartibi mavzusida seminar o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Qishloq xo‘jalik hayvonlarini identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish tartibi» mavzusida seminar o‘tkazildi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Turganbaev seminarni kirish so‘zi bilan ochib berib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasini jadal rivojlantirish hamda sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlab borishgaalohida e'tibor qaratilayotganligi, respublikamiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan veterinar xodimlar uchun takshil etilayotgan ushbu seminarning maqsadiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Dastlab, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29-dekabrda qabul qilingan 701-son «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimining tartib-taomillari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qarorining mazmuni va mohiyatini tushuntirildi. Ma'ruzachilar «Zooinjeneriya» kafedrasining assistent-o‘qituvchilari R.Aytjanov, A.Nametovlar tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilishning maqsadi va natijalari, VIS-HAMSA tizimi orqali ma'lumotlar almashinuvi, hayvonlarni identifikatsiya qilishning oziq-ovqat xavfsizligidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Tinglovchilarga hayvonlarni identifikatsiya qilishning atributlari, birkani o‘rnatishda asosan nimalardan foydalanilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Seminar davomida ishtirokchilarda mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar hosil bo‘ldi. Respublikamiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan veterinar xodimlar uchun tashkil etilayotgan ushbu seminar 2 kun davomida olib boriladi.
скачать dle 12.1