Direktor yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, biologiya fanlari doktori, professor Adilbay Esimbetov ishtirokida “Direktor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda direktor iqtidorli, faol talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot olib bordi. Olib borilgan suhbat davomida talabalarni qiynayotgan turli muammolar, ular erishib kelayotgan yutuqlar, iqtidorli talabalarning turli tanlov va loyihalarda ishtiroki va o‘qish jarayoniga oid masalalar xususida so‘z yuritildi. —Har bir inson hayotda o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi. Yorug‘ kelajagini o‘ylagan yoshlar ilm-ma'rifat yo‘lidan boradi—deydi direktor Adilbay Esimbetov, —zero, yaxshi bilim va salohiyatga ega bo‘lish, faqat diplom uchun emas katta maqsadlar va porloq kelajak uchun ta'lim olish har bir yoshning hayotidagi muhim qadam sanaladi. Biz sizlarga faqat yo‘lboshchi vazifasini o‘tab beramiz, o‘z o‘rningizga va katta yutuqlarga esa o‘z intilishlaringiz, halol mehnatingiz va albatta egallagan chuqur bilimlaringiz evaziga erishasiz.
Olib borilgan muloqot davomida direktor talabalarga zamon bilan hamnafas bo‘lish, intellektual salohiyatini yanada rivojlantirib borish, til o‘rganish, o‘z ustida tinmay izlanishda bo‘lish kabi mavzularda o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Talaba-yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi. Jumladan, Joriy «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va filialdagi tengdoshlarini ham ushbu biznesga jalb qilish orqali ularni ish bilan ta'minlash kabi ahamiyatli takliflar bildirildi. Filial direktori talabalarning har bir ezgu tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini va imkon darajasida amaliy yordam ko‘rsatishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Uchrashuvda talabalarga ekrin muhit yaratilib, ular o‘zlarining fikr va mulohozalarini bildirishdi.
скачать dle 12.1