Ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
Joriy yilning 14-mart kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida mutaxassislar ishtirokida «Ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liqxavf-xatarlarning oldini olish» bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi mayor N.Toreshov, filial profilaktika inspektori Q.Qayipnazarov, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov, talaba-yoshlar va tyutorlar ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani A.Kaniyazov ochib berib, bugun dunyo jamiyatiga diniy-ekstremistik oqimlarning tahdidi ortib borayotganligi va unga qarshi kurash yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar, bugungi kunga kelib O‘zbekiston qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelayotganligi, shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy natijasi,Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tasdiqlangan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasining maqsadi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir davomida ayrim yoshlar internet tarmog‘idagi diniy ekstremizm va yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi turli mazmundagi norasmiy saytlar va kanallarga a'zo bo‘lib, to‘g‘ri bo‘lmagan tushunchalar asosida sog‘lom fikr yuritmay, ijobiy xulosa chiqarmay, turli oqimlar ta'siriga tushib qolayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda kirish taqiqlangan sayt va telegram kanallar ro‘yxati taqdim etildi. Mutaxassis tomonidan talabalarga atroflicha ma'lumotlar berildi.
скачать dle 12.1