Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya holatlari va oldini olish bo'yicha seminar o'tkazildi
Majlisni filial direktori A.Esimbetov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bo’yicha universitet xodimlarigakelgan mexmonlar bilan tanishtirib o’tdi.Shundan so’ng Ózbekiston respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qomitasi korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshliǵi K.Kariyevga sóz berildi. K.Kariyev óz sózida Ózbekiston bóyicha 3 ta soxa Bank tizimida, Oliy tálim va Meditsina tizimlarida korrupsiyaviy xolatlarning júda kóp sodir bolayatganligi, Jinoyat kodeksining 211 modasi (Pora berish) da kórsatilgan jazoni yanada oǵirlashtirish kerakligi va universitet xodimlari korrupsiyaviy xolat aniqlansa filialning korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat tizimini boshqarish mutaxasisiga yoki ózining uyali aloqa telefoniga aniq faktlar bilan xabar berishi kerak ekanligini aytib ótti.
Kun tartibidagi masala bo’yicha Ózbekiston respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qomitasi kompleans nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshliǵi A.Kambarov tomonidan filialda korrupsiyaviy xolat aniqlansa platformada yoritib borish, yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarni suxbattan ótkazish jarayonini oudio-videolarda aks ettirilgan xolda joylashtirib borish kerakligini va yangi xodimlarni kasbiy tayorgarlik oquvlarida oqitish kerakligini, Shuningdek filial xodimlariga korrupsiyaga oid tushintirishlar kórsatib ótti.
Filial direktori A.Esimbetov professor-oqituvchilar va universitet xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashishta hammamiz masulmiz, korrupsiyaviy xolat yuz berganidan keyin emas yuz bermasidan oldin bartaraf qilishimiz kerakligini aytib ótti.
скачать dle 12.1