Direktor talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi
Bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari va muammolarini o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish, yoshlar bilan jonli muloqotlar olib borish muhim hisoblanadi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori Adilbay Esimbetov filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida o‘quv jarayoni, birinchi semestr yakunlari bo‘yicha, turarjoy, ilmiy faoliyat, talaba-yoshlarning intilishlari kabi mavzularda so‘z yuritildi. Filial direktori talabalarga o‘qish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklar hamda ularga qanday ijobiy yechim topish zarur ekanligi borasida gapirib berdi.
— Men ham sizlar kabi talaba bo‘lganman. Lekin u davrlar bilan bugungi kunni solishtirib bo‘lmaydi. Sizlarga qarab juda havasim keladi, yaratib berilayotgan shuncha imkoniyatlarni ko‘rib yana talaba bo‘lib qolsam deyman. Sizlardan talab qilinadigan yagona narsa – ushbu sharoitlardan unumli foydalanish. O‘qing, izlanib harakatdan tinmang! Yorqin kelajagingizni o‘zingiz bunyod eting. Men buning uchun sizlarga qo‘limdan kelgancha sharoitlarni qilib beraman — dedi A.Esimbetov.
Olib borilgan jonli muloqot davomida direktor talaba-yoshlar bilan o‘z hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi. Ularning fikr va mulohozalarini tingladi. Suhbat davomida ta'lim sifatini yanada yaxshilab borish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda to‘garaklar tashkil etish, yoshlarning muammolarini o‘rganib ularga ijobiy yechim topish har qachongidan ham muhim ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
скачать dle 12.1