Kitobxon yoshlar «Zakovat» intellektual o‘yinining 6 turida bellashadilar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari va Axborot resurs markazi hamkorligida badiiy kitoblardan tuzilgan savollar asosida «Zakovat» intellektual o‘yinining 1-turiga start berildi.
Talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ibot qilish va ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinga filial talaba yoshlari hamda Nukus veterinariya texnikumi o‘quvchilaridan tashkil topgan jami 9 ta jamoa qatnashdi. 1-tur uchun T.Qaipbergenovning «Ustozga rahmat» va G‘.G‘ulomning «Shum bola» kitoblari tanlab olindi. Mazkur kitoblar asosida yosh koordinatorlar tomonidan tuzilgan bir-biridan qiziqarli savollar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.
O‘yin hayajonlarga va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Har bir ishtirokchi o‘yin uchun taqdim etilgan va miriqib mutolla qilgan kitoblaridan berilgan savollarga to‘g‘ri javob berishga astoyidil intilishdi. Zukko kitobxon yoshlar jami 6 turda bellashadilar. O‘yin davomida ishtirokchilar 12 ta kitobni mutolla qilishlari kerak bo‘ladi. Ezgu tashabbus asosida o‘tkazilib boriladigan "Zakovat" intellektual o‘yinidagi barcha jamoalarga omad tilaymiz.
скачать dle 12.1