Qoraqalpoq adabiyotida o‘z muhrini qoldirgan "Ziywar"
Qoraqalpoq adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, o‘z davrida yangi sahifa yarata olgan, millatining ardoqli farzandi bo‘lishdek ulug‘ baxtga musharraf bo‘lgan, jozibador she'rlar muallifi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tomonidan bitilgan satrlar har birimizning qalbimizga muhirlangan. Joriy yil shoir tavalludining 200 yilligi munosabati bilan xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilishi belgilanmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida shu munosabat bilan “Vatan va muhabbat kuychisi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir A.Qayipov, filial rahbariyati, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining XIX asr qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi, shoir tomonidan yaratilgan jozibali she'rlarning teran mazmuni bugungi kunda yoshlarning ma'naviy dunyosini yanada boyitishga va vatanni sevishga o‘rgatishga xizmat qilayotganligi haqida gapirib o‘tdi.
Ajiniyoz bobamiz nafaqat qoraqalpoq adabiyotida balkim, qozoq adabiyotida ham aytishuv janri bo‘yicha o‘zining «muhri»ni qoldirgan. Shoir hayoti davomida ilm olishga, ziyoli inson bo‘lishga intilgan. O‘zining go‘zal misralari bilan xalq qalbidan joy olgan. Yosh avlodlar bu ijodkorni chin ma'noda o‘zlariga o‘rnak deb biladilar. Faxru g‘ururimiz, qoraqalpoq adabiyotida o‘zining tabarruk izlarini va oltinga teng o‘gitlarini qoldirgan Ajiniyoz shoirning xotirasi abadiy qalbimizda muhirlanadi. Adabiy-badiiy kecha davomida talaba-yoshlar tomonidanshoirning she'rlari va qo‘shiqlaridan parchalar ijro etildi. Ayniqsa iqtidorli talaba Sh.Qarlibaeva tomonidan dutor bilan kuylangan qo‘shiq barchaga birdek manzur bo‘ldi.
скачать dle 12.1