Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi
Joriy yilning 12 fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetida “Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. O‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar bilan o‘tkazilgan tadbirni fakultet dekani A.Kaniyazov ochib berdi. Uchrashuv davomida Respublika yosh o‘spirimlar dispanseri shifokori N.Tursinbekova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratovlar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarzi odamlarni serharakat bo‘lishga, sport bilan shug‘ullanib organizmini chiniqtirib borishga undashi va natijada esa har tomonlama tetik, shijoatli bo‘lishimiz mumkin ekanligi haqida to‘xatldi. Tashrif buyurgan mutaxassis tomonidan bugungi kunda ko‘p uchrayotgan kasalliklar jumladan, semizlik kasalligi haqida ma'lumotlar berildi.
Ko‘pchilik insonlar ortiqcha vazn turli kasalliklarni keltirib chiqarishini bilmaydilar. Aslida semizlik qanday kasallik va uning kelib chiqish sabablari, tashxis qo‘yish va davolash singari mavzular doirasida talaba-yoshlarga atroflicha ma'lumotlar berildi. Semizlik va uning asoratlari bo‘yicha statistik ma'lumotlar aytib o‘tildi. Talabalar semizlikning birlamchi, gipotalamo va endokrin turlari, uning salbiy ta'sirlari, ushbu kasallikni aniqlash va tibbiyotda semizlikni davolashning qanday zamonaviy usullari bor ekanligi bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi. Yig‘ilganlarga sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1