Filialda navbatdagi aprobatsiya o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali "Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi" kafedrasi tayanch doktoranti Ernazarov Daniyor Alisherovichning "Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida uchraydigan qoramollar barmoqlararo dermatitlarining farmakoterapiyasi" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining aprobatsiyasi o‘tkazildi. Ilmiy rahbar: v.f. d, professor Niyozov Hakim Bakayevich.
Filialning vivariysida o‘tkazilgan aprobatsiya jarayonida quyonlar bilan tajribalar olib borildi. Shuningdek tayanch doktorant D.Ernazarov ushbu mavzuning dolzarbligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi chorvachilik fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha maʼlumotlarni berib o‘tdi.
Kutilayotgan ijobiy natijalarga ham to‘xtaldi. Aprobatsiya davomida tayanch doktorant D.Ernazarovga ilmiy ishning mavzusi doirasida savollar berildi va kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi. Barmoqlararo dermatit kasalligi va uni davolash usullari xususida fikr-mulohozalar almashildi. Yosh tadqiqotchi barmoqlararo dermatitlarning oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
скачать dle 12.1