"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi
9 fevral sanasi yurtimizda g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutaffakir mir Alisher Navoiy tavalludi sifatida bayramona tarzda nishonlanib kelinadi.
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy va adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi A.Sultanov, Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi A.Babajanov, filial direktori A.Esimbetov so‘zga chiqib, she'riyat mulkining sultoni Navoiy hazratlarining hayoti va ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, yaratgan asarlari, kelajak avlodga qoldirgan bebaho ilmiy meroslari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
Bobomizning ijodi o‘ziga hos betakrorligi bilan ajralib turishi va qalbimizga muhirlanib qolganligi ta'kidlab o‘tildi. Ulug‘ zotning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan samarali ishlar xususida so‘z yuritildi. Tadbirning badiiy qismida Navoiy hazratlarining asarlari asosida sahnalashatirilgan badiiy chiqishlar talabalar talqinida taqdim etildi. Uning qalamiga mansub she'r va g‘azallarimaromiga yetkazib o‘qildi. Tadbir davomida g‘azal mulkining sultoni siymosi yod etildi.
скачать dle 12.1