«Biz kelajak yosh liderlari ekopartiyani tanlaymiz»
Ma'lumki, hozirgi kunda deyarli butun dunyo duch kelayotgan asosiy muammolardan biri ekologik muammolar bo‘lib hisoblanadi. Shu bois atrof-muhit sofligini saqlash, ekologiyamiz ifloslanishining oldini olish juda ahamiyatli mavzuga aylanmoqda. O‘zbekiston Ekologik partiyasi bu borada muhim tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2024 yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan mazkur partiya tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida «Biz kelajak yosh liderlari ekopartiyani tanlaymiz» mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda filial direktori A.Esimbetov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Begimova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Matmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi B.Jienbaevlar so‘zga chiqib, bugungi kunda ekologik muammolarni bartaraf etish va atrof-muhit buzilishi, havoning ifloslanishi kabi salbiy oqibatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Tadbirda yoshlarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘zlagan ezgu maqsadi hamda vazifalari nimalardan iborat ekanligi, partiyaning bugungi faoliyati haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari ekologiya barqarorligini ta'minlash, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, dunyodagi ekologik vaziyat bo‘yicha ularning xabardorligini oshirib borish muhim ekanligi bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1