Direktor o‘qituvchilar va xodimlar bilan muloqot olib bordi
Bugun filial direktori A.Esimbetov professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan uchrashib, muloqot olib bordi. Muloqot jarayonida ichki tartib qoidalar va intizom, o‘quv jarayoni, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etib borish, ta'lim sifatini yanada oshirish hamdakorrupsiya holatiga yo‘l qo‘ymaslikkabi masalalarga to‘xtab o‘tildi. Ayni kunlarda olib borilayotgan imtihon jarayonlarining shaffof tarzda bo‘lib o‘tayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
—Bizlar son emas, sifat muhim shiori ostida ish olib borishimiz zarur. Men sizlardan faqat ijobiy natijalarni kutaman. Talabaning yetuk bilim olishini birinchi galda sizlar ta'minlaysizlar, shuniyoddan chiqarmang! O‘quv yoki imtihon jarayoni bo‘lsin tamagarlikka aslo imkon bermaymiz. Talabalarga xushmuomalalik va hallolikda o‘rnak bo‘lsak, ular ham kelajakda o‘z kasbiga vijdonan yondashadi, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaydi—dedi direktor A.Esimbetov.
Olib borilgan muloqot davomida kun tartibidagi asosiy masalalar muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohozalarini bildirishdi. Direktor tomonidan o‘qituvchilar va xodimlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
скачать dle 12.1