Talabalarga is gazidan zaharlanish kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi
Ma'lumki, qish mavsumida aholi orasida issiqlikka bo‘lgan ehtiyoj va talab yanada ortadi. Buning natijasida esa nostandart isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish holatlari uchraydi. Bunday holatlar esa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi va is gazidan zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida aynan shu mavzuga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 1-yong‘in-qutqaruv qismi kapitani M.Jumanazarov, katta inspektor, serjant K.Akashovlar tomonidan talaba-yoshlarga tabiiy gazdan va elektr uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Mutaxassislar maxsus yong‘in-qutqaruv avtomobili va yong‘in-qutqaruv texnikalari yordamida talabalarda mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdi. Ijarada va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarga yong‘in va is gazidan zaharlanish kabi holatlarning oldini olish va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari keng tushunchalarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1