Psixolog o‘qituvchilar va talabalarga seminar-treninglar o‘tkazmoqda
Professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganib borish va ular ishtirokida turli qiziqarli seminarlar tashkil etish ularning ruhiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda filial psixologi M.Allamuratova xodimlar, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida «Stressning oldini olishda Art-terapiyadan foydalanish» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazdi. O‘tkazilgan seminarlarda stress qanday paydo bo‘lishi, uning salbiy oqibatlari, stressga qarshi qanday yechimlar bor ekanligi hamda stressning oldini olish usullari bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.
Stressning doimiy kuzatilishi depressiyaga aylanishi mumkin ekanligi va turli kasalliklar keltirib chiqarishi ta'kidlab o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Art-terapiyaning turlari, stressdan xolos bo‘lishda uning usullaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mavzuga oid qiziqarli mashqlar olib borildi. O‘qituvchilar va talaba-yoshlar seminar davomida ijobiy taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1