Talabalar dam olish kunlarini teatrda mazmunli o‘tkazishdi
Teatrga biz nafaqat tomosha qilish uchun tashrif buyuramiz, balki, mana shu tarbiya maskanida madaniyatimizni va ma'naviyatimizni yanada yuksaltirish, sahnalashtirilgan asar qahramonlarining hayotidan ibrat olish singari ezgu maqsadni ko‘zlaymiz. Shu bois, filial o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarining «Teatr kuni» doirasida ushbu maskanga tashrifi amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kafedra o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar «Men, buvim, Iliko va Illarion» nomli spektaklni tomosha qilishdi.
Atoqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening qalamiga mansub asari asosida sahnalashtirilgan ushbu spektaklda do‘stlik, totuvlik va sevgi tuyg‘ulari ochib berilgan. Yozuvchining dastlabki yirik asarlaridan hisoblangan mazkur romanida jamiyatimizda uchraydigan turli kamchiliklar hajv yo‘li bilan tasvirlab berilgan. Asar mazmuni, aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazavor bo‘ldi. Ayniqsa, mazkur spektakl talaba-yoshlarga manzur bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda filial jamoasi va talabalar dam olish kunlarini mazmunli va maqsadli o‘tkazdilar.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1