"Profilaktika kuni" doirasida talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida "Profilaktika kuni" doirasida talaba-yoshlarga har qanday huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng tushunchalar berish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi XPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik A.Namenova, profilaktika inspektori, katta leytenant Q.Qaypnazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva, korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Samandarov hamda talaba-yoshlar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, bugungi kunda jinoyat qilgan shaxslarning aksariyat qismini yoshlar tashkil qilayotgani achinarli holat ekanligi va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv va imtihon jaranyolarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilmaslik bo‘yicha to‘xtaldilar. A.Namenova esa zaldagilarga «Xotin-qizlarga shilqimlik qilish oqibatlari» mavzusida tushunchalar berdi. Shuningdek, u o‘z nutqida 2023 yil davomida Xotin-qizlar ishtirokidagi ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni va berilgan himoya orderlari soni bo‘yicha statistik ma'lumotlarni keltirib o‘tdi. Talabalar ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha keng tushunchalarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1