Filialga Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari tashrif buyurdi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari tashrif buyurdi. Jumladan, loyiha rahbari, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va muntazam iqtisodiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash dasturi menejeri Beate Schoreit, tashkilotning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi loyihalari koordinatori A.Qurbanov dastlab filial rahbariyati bilan uchrashib, filial direktori Adilbay Esimbetov bilan suhbat olib bordi.
Olib borilgan muloqot davomida Gemaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan filial laboratoriyasi uchun taqdim etilgan 16 atamadagi jami 102 dona jihozlarning amaliyotga tatbiq etilganligi, kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamfikrlikda yirik loyihalarni amalga oshirish, filialdagi o‘qituvchilarning Germaniyaga borib stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish, Germaniya tajribasini chuqur o‘rganish va joriy etish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Dastur menejeri Beate Schoreit o‘z taklif va mulohozalarini bildirib o‘tdi. Suhbatdan so‘ng mehmonlar filial laboratoriyasiga tashrif buyurib u yerdagi jihozlarni ko‘zdan kechirdi.
Bu yerda talabalar bilan ham ochiq muloqot olib borildi. Talaba-yoshlar laboratoriyada yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi. Uchrashuv yakunida filial direktori A.Esimbetov tashrif uchun mehmonlarga minnatdorchilik izhor etdi. Ushbu uchrashuv har ikki tomon uchun ham juda foydali bo‘ldi.
скачать dle 12.1