SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIFilialning yigitlar jamoasiga bayram kayfiyati ulashildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filialning yigitlar jamoasiga bayram kayfiyati ulashildi
Filialning yigitlar jamoasiga bayram kayfiyati ulashildi
Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 32 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Xotin-qizlar jamoasi tomonidan filial yigitlari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Jumladan, bugun erta tongdan barcha professor-o‘qituvchilar, talaba yigitlar, ushbu bayram madhiyasiga alangan «Leytenant» qo‘shig‘i sadolari ostida munosib kutib olindi. Bayram tadbirining ikkinchi qismi filial majlislar zalida davom etdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, tantanali bayram bilan barcha soha vakillari va filial jamoasini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng filialning «Qarekenshe online» jamoasi tomonidan tayyorlangan ajoyib konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir davomida filial Xotin-qizlar jamoasi tomonidan bayram qahramonlariga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashish maqsadida bir-biridan qiziqarli viktorinalar o‘tkazildi va g‘oliblarga hamda faol ishtirok etganlarga sovg‘alar ulashildi. Bayram tuhfasi va hazili sifatida esa erkaklar jamoasi qiziqarli va kutilmagan nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Jonli kuy-qo‘shiqlar ijrosi, jozibodar raqslar, qiziqarli viktorinalar va kutilmagan syurprizlarga boy tarzda o‘tkazilgan tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi. Erkaklar jamoasi hamkasbalari tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida zavqli atmosferani his etishdi. Bayram yakunida ularga tantanali ravishda Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.