Talabalarning muzeyga tashrifi
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qalbida milliy-madaniy meroslarimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish hamda diqqatga sazovar yerlarni tomosha qilishlarini ta'minlash maqsadida tyutor J.Mambetniyazov yetakchiligida 2-bosqich 206-guruh talabalari poytaxtimizdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat qilishdi. Tashrif davomida bugungi kunda muzeyda saqlanayotgan 80 mingdan ortiq noyob eksponatlarni tomosha qilishdi.
Muzey xodimlari tomonidan hozirda bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘limlar hamda eksponatlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. Talaba-yoshlarga ayniqsa ekspozitsiya zali manzur bo‘ldi. Zalning fondida to‘plangan eksponatlar va ashyolar qoraqalpoq xalqining milliyligini o‘zida aks ettiradi.
—Ma'lumki, hozirda yurtimizda muzeylarni rivojlantirish va shu orqali esa turizm sohasini ham yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Milliy muzeylarimizga xorijiy davlatlardan ko‘plab sayyohlar tashrif buyurib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishadilar. Shu o‘rinda, biz ham talaba-yoshlarning muzeylarga tashrifini ko‘proq amalga oshirib turishimiz zarur deb o‘ylayman —deydi J.Mambetniyazov. Tyutor tashabbusi bilan tashkil etilgan talaba-yoshlarning muzeyga sayohati maroqli tarzda bo‘ldi.
скачать dle 12.1