Tyutorlarga psixolog tomonidan talabalar bilan ish olib borish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida hozirgi kunda jami 5 nafar tyutor o‘z faoliyatini olib bormoqda. Talaba-yoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib, ularning muammo va takliflarini o‘rganib borish ularning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisobalandi.
Ayniqsa muammoli talabalar bilan ish olib borishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Filial psixologi M.Allamuratova aynan ushbu mavzu yuzasidan tyutorlarga seminar o‘tdi. «Muammoli talabalar bilan ishlash ko‘nikmalari» mavzusida olib borilgan seminarning kirish qismida tyutorlar bilan o‘zlariga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan qanday ish olib borayotganligi bo‘yicha muloqot olib borildi. Tegishli savollar berildi.
Seminar davomida tyutorlarning ish samaradorligini aniqlash uchun test o‘tkazildi. Keys savol berish metodlaridan foydalangan holda tyutorlarning ish olib borish uslubi va murakkab vaziyatlardan qanday yechim bilan chiqib keta olish qobiliyati o‘rganildi. Seminar qiziqarli tarzda olib borildi. Ishtirokchilar o‘z ish faoliyatiga baho berib, kelgusida talabalar bilan ishlash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Psixolog tomonidan ularga muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak ekanligi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1