SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIFilial o‘qituvchisi Qozog‘istonda makala oshirdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filial o‘qituvchisi Qozog‘istonda makala oshirdi
Filial o‘qituvchisi Qozog‘istonda makala oshirdi
Joriy yilda filialimizga Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan professorlar tashrif buyurib, talaba-yoshlarga ma'ruzalar tashkil etildi. Xorijiy davlatlardagi OTMlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida talabalarning akademik almashinuvi va o‘qituvchilarning tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan,Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida filialimizdagi o‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirishga borib kelmoqda. Yaqinda «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi» kafedrasining assistent-o‘qituvchisi Nargiza Seytova Qozog‘istonga tashrif buyurib, ushbu universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga ham ma'ruza mashg‘ulotlarini olib bordi ham o‘z malakasini oshirdi.
—Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetiga tashrifni ilk marta amalga oshirishim. Bu yerdagi professor-o‘qituvchilar bundan avval filialda bo‘lganligi uchun yangi atmosferaga moslashishim uchun menga yaqindan ko‘maklashdilar. Talabalar juda talabchan va zukko ekan. Men dars jarayonida ularga qo‘shimcha ravishda Qoraqalpog‘istondagi veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha ma'lumotlarni ham berib o‘tdim.Qozog‘istondagi safarim davomida yaxshigina tajriba orttirdim—deydi Nargiza Seytova. Filialimiz o‘qituvchisi ushbu universitetning o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxonasi va laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi. Veterinariya fakultetida 1-bosqichda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga tegishli mavzularda dars o‘tib, ularning bilimlari yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi.