Navbatdagi aprobatsiya jarayoni o‘tkazildi
Rasmiy veb-saytimiz orqali filialimizning tayanch doktoranti V.Ro‘zimovning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramollar organizmiga Bodifors va Multivit +Mineral preparatlarining ta'siri” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining aprobatsiyasi o‘tkazilganligi haqida ma'lumot bergan edik. Keyingi aprobatsiya jarayoni tayan o‘quv yurtimiz Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining «Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya» kafedrasiga tegishli gavda yorish xonasida ilmiy rahbari V.f.d., professor H.B.Niyozov rahbarligida o‘tkazildi.
Jarayon davomida filialdan keltirilgan quyonlar tajriba asosida yorib ko‘rildi va ularning a'zolaridagi o‘zgarishlar o‘rganildi. V.Ro‘zimov aprobatsiya davomida ayni paytda o‘zi olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni batafsil taqdim etdi.
Aprobatsiya ishtirokchilari mavzu doirasida savollar bilan murojaat qildi. Shuningdek, kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berib o‘tildi. Amalga oshirilgan tajribalar tegishli xulosalar asosida qayd etib borildi.
скачать dle 12.1