“English club” to‘garagi doirasida talabalarga bayram kayfiyati ulashildi
Ma'lumki, hozirda ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni inobatga olgan holda, filial talaba-yoshlarining ushbu fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va bu yo‘ldagi intilishlarini rag‘batlantirib borishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Jumladan, «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “English club” to‘garagi doirasida talabalarga interfaol, innovatsion va qiziqarli usullardan foydalangan holda darslar mazmunli tashkil etib kelinmoqda. Yangi yil arafasida esa to‘garak rahbari D.Matkarimova tomonidan talabalarga ham yangi yil kayfiyatini ulashish ham ularning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 22-dekabr kuni «The new year is coming» atamasida qiziqarli dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Tadbir boshida kafedra mudiri P.Xojalepesov barchani kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy qutlab, ushbu to‘garakning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
To‘garak a'zolari «My dream for the New Year» mavzusida rang-barang slaydlar orqali o‘zlarining yangi yildagi orzularini taqdim etishdi. Dars jarayonida turli qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, talabalarga quvnoq kayfiyat ulashildi. Zamonaviy talabalar uchun aynan yangi yil atmosferasi yaratib berildi. To‘garak a'zolari ingliz tilida o‘zlarining bayram tilaklarini bildirib o‘tishdi. Qiziqarli taassurotlarga boy tarzda o‘tgan dars yakunida barcha birgalikda ABBA guruhi tomonidan ijro etilgan «Happy new year» qo‘shig‘ini jo‘r bo‘lib kuylashdi.
скачать dle 12.1