SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida qaysi tyutorning jamoasi g‘olib bo‘ldi? » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida qaysi tyutorning jamoasi g‘olib bo‘ldi?
“Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida qaysi tyutorning jamoasi g‘olib bo‘ldi?
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari orasida “Ma'rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni ochib berdi. Tanlovda 5 nafar tyutorning talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar jami 3 shart bo‘yicha bellashdilar. Jumladan, 1-shartda ishtirokchilar O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda ushbu ulug‘ insonlarning ibratli umr yo‘llarini o‘z fikrlari bilan so‘zlab berdilar. 2-shart ya'ni, tezkor savol-javob shartida esa adiblar ijodi va hayotidan olingan savollarga qoniqarli tarzda javob berishdi. 3-shart juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Bunda har bitta jamoaadiblarning asarlaridan sahnali ko‘rinishlarni ijro qilishdi. Tanlov davomida talaba-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan mehri, kitob o‘qish orqali o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari, aktyorlik mahorati, sahna madaniyati namoyon bo‘ldi. Jamoalar har bir shart bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholanib bordi. Hayojonli va zavqli onlarga boy tarzda kechgan tanlovning natijalari quyidagicha: 1-o‘rin —Tyutor J.Mambetniyazovning «Ziyolilar» jamoasi; 2-o‘rin — Tyutor B.Iskakovning «Mamanbiy avlodlari» jamoasi; 3-o‘rin — Tyutor E.Djumabaevaning «Kitobsevarlar» jamoasi. Tanlov g‘oliblari diplom va jng yaxshi sovg‘a—kitob bilan taqlirlandi.