Direktor va yoshlar uchrashuvi
Bugungi kunda yoshlarning barkamol avlod bo‘lib kamolotga yetishi, ularning beg‘ubor orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish va sifatli ta'lim olishi kabi masalalarga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, zarur shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohozalari va takliflarini o‘rganish esa har qachongidan ham muhim hisoblanadi.
Aynan shu maqsadda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida direktor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbir boshida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘z olib, filialda tahsil olayotgan yoshlarga oid har qanday masalalar har doim diqqat markazida ekanligi, ularga zamon talablari asosida sifatli ta'lim berish va kerakli sharoitlarni yaratib berishga alohida e'tibor qaratilib, va bu o‘z o‘rnida samarali natija berib kelayotganligini alohida e'tirof etib o‘tdi.
—Bugungi suhbatda men direktor emas oddiy tinglovchi bo‘laman, sizni qiynayotgan har qanday muammo mening ham muammoim, sizni tashvishga solayotgan masala meni ikki baravar o‘ylantiradi, sizlarning kayfiyatingiz yaxshi bo‘lsa, mening ko‘nglim xotirjam bo‘ladi. Sizlar bor diqqat-e'tiboringizni faqat va faqat ta'lim olishga yo‘naltiring, kuchingizni esa bilim olishga sarflang, ana shunda ijobiy natijalarga erishasiz—dedi direktor A.Esimbetov. Tadbir boshida yaqindagina Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lgan 4 nafar talaba alohida e'tirof etilib, samimiy qutlab o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi, ta'lim sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Alisher Safarov so‘zga chiqib, joriy yilda filialda ilk marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasining sohibasi chiqishi tarixiy voqea bo‘lganligini ta'kidlab, qo‘mita raisining nomidan tabriklab o‘tdi va fahriy yorliqlarni topshirdi.
Direktor va yoshlar uchrashuvi davomida filial talabalarining fikr va mulohozalari tinglandi, muammo va takliflari o‘rganildi. Talabalar emin-erkin fikrlarini bildirishiga muhit yaratildi. Ko‘pchilik talabalar tomonidan xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida akademik almashinuvi doirasida o‘qishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi va bu uchun filialda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar keng tushuntirib o‘tildi. Mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi va ularga ijobiy yechim topib, bartaraf qilishga kelishildi.
Direktor va yoshlar uchrashuvi oshkora tarzda va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Muloqotda davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
скачать dle 12.1