Filialda aprobatsiya o‘tkazildi
Joriy yilning 15 dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining tayanch doktoranti V.Ro‘zimovning 16.00.04 veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramollar organizmiga Bodifors va Multivit +Mineral preparatlarining ta'siri” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining aprobatsiyasi o‘tkazildi. Ilmiy rahbar: V.f.d., professor H.B.Niyozov.
Aprobatsiya filialning vivariysida o‘tkazildi. Aprobatsiya davomida parvarish qilinayotgan quyonlar bilan olib borilayotgan tajribalar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi. Tayanch doktorant V.Ro‘zimov tomonidan ushbu ilmiy ishning ahamiyati va yangligi to‘g‘risida komissiya a'zolariga tegishli maʼlumotlar berib o‘tildi.
Aprobatsiya komissiyasi raisi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, q.x.f.d, professor R.Turg’anbaev va komissiya tarkibidagiA.Mambetnazarov, A.Kaniyazov, X.Arziyev, X.A.Mamatovlar tomonidan
tegishli hujjatlar koʻzdan kechirilib, mavzu bo‘yicha savollar berildi. Yosh doktorant tomonidan barcha savollarga to‘laqonli javob taqdim etildi.
Filial vivariysida olib borilgan aprobatsiya jarayoni qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Komissiya a'zolari tomonidan tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1