SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI«Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tomonidan ochiq dars tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » «Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tomonidan ochiq dars tashkil etildi
«Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tomonidan ochiq dars tashkil etildi
Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bilimlarini mustahkamlab borishda ochiq darslarni tashkil etiib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. «Veterinariya va zooinjeneriya» fakuletining «Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tomonidan talabalar uchun shu kabi ochiq darslar qiziqarli tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, kafedraning assistent-o‘qituvichisi G.Kurbaniyazova tomonidan “Pilula va bolyuslar shaklidagi dori vositalarini tayyorlash texnologiyasi» mavzusi bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi.
Dastlab, talaba-yoshlarga mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Dars davomida pilyulalar shakldagi dori vositalarini tayyorlab hayvonlarga berish mumkin ekanligi ta'kidlab o‘tildi va filial laboratoriyasida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilingan holda ushbu dori vositalarini tayyorlash texnologiyasi jarayoni olib borildi. Talaba-yoshlarda aniq tushunchalarni hosil qilish maqsadida jarayon bosqichma-bosqich ko‘rsatib berildi. Mavzuni talabalarga tushuntirishda zarur vositalardan samarali foydalanildi. Shuningdek, talabalar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berildi. – Ochiq dars davomida talaba-yoshlarning intilishi va mavzuni puxta o‘zlashtirishga astoyidil harakat qilganligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan shu kabi ochiq darslar tashkil etilib, tahlil qilib borilsa ijobiy natija beradi deb o‘ylayman–deydi kafedra mudiri X.Arziyev. Talabalar keng tushunchalarga ega bo‘lishdi.