Qirg‘izistonlik professor filial talaba-yoshlariga ma'ruza o‘tmoqda
— Avval xabar berganimizdek, filialga Qirg‘izistondan Osh Davlat universitetining professori tashrif buyurgan edi. Hozirda qirg‘izistonlik professor filialning “Zooinjeneriya” yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlariga zoogigiena va chorvachilik inshootlarini loyihalashtirish va chorvachilik yo‘nalishida ma'ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda. —Nukus shahriga ilk marta tashrif buyurishim,qoraqalpoq birodarlarning samimiyati va mehmondo‘stligi menda iliq taassurotlarni uyg‘otmoqda – deydi A.Abdurasulov. – Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi nafaqat iqtisodiy faoliyat turi, balki aholining salmoqli qismi uchun turmush tarzi hisoblanadi. Bu yerga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda ham chorvachilik sohasiga alohida e'tibor qaratilib, mazkur sohada ta'lim olayotgan talabalarga yetuk bilimlar berilayotganligining guvohi bo‘ldim.
Talaba-yoshlar professor tomonidan olib borilayotgan ma'ruzalar davomida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, Qirg‘izistonning chorvachilik sohasi va uning tarmoqlari, sohaning bugungi holati va olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘lishmoqda. Filial va xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari mana shu tarzda o‘z samarasini bermoqda. Ma'lumot o‘rnida, bundan avval filialga Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining professorlari kelib, ular tomonidan ma'ruzalar tashkil etilgan edi. Qirg‘izistonlik professor shu hafta mobaynida filial talaba-yoshlariga 24 soat dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
скачать dle 12.1