Davlatimiz madhiyasi osoyishta hayotimizni va xalqimizning farovonligini madh etadi
Joriy yil O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil to'ldi. Bugun ushbu sanani munosib nishonlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tadbir tashkil etildi. Tadbir boshida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Har doimgidek tadbir ishtirokchilari qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, baralla madhiyaga jo‘r bo‘lishdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov tadbir boshida so‘z olib, ushbu tarixiy sana- O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil to'lishi munosabati bilan barchani samimiy tabriklab o‘tdi. U o‘z nutqida davlatimiz madhiyasi milliy o‘zligimizni, vatanga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini, xalqimizning pok va beg‘ubor orzularini o‘zida mujassam etaganligi ta'kidlab o‘tdi. Tadbir davomida direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov, fakultet dekani A.Kaniyazov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasining o‘qituvchisi A.Abatovlar so‘zga chiqib, davlatimiz madhiyasining qabul qilinish tarixi, jumladan, 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilinganligi, madhiyamizning muallifi va musiqasi kim tomonidan yaratilganligi, davlat madhiyamiz milliy g‘ururimiz va fahrimiz ekanligi bo‘yicha so‘z yuritdi. O‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz aks etgan davlatimiz madhiyasi osoyishta hayotimizni, xalqimizning farovon turmushini va bizning kuch-qudratimizni madh etuvchi kuy bo‘lib hisoblanadi. Tadbirda yoshlarga mana shunday ezgu tushunchalar berildi.
скачать dle 12.1