“Veterinariya va zooinjeneriya” fakultetida Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan «Konstitusiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!» shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda fakultet dekani A.Kaniyazov, dekan muovini E.Seytmuratov, «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasining o‘qituvchisi N.Jamalov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Fakultet dekani A.Kaniyazov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, zalda yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, E.Seytmuratov va N.Jamalovlar so‘zga chiqib, yangi tahrirda qabul qilingan Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uning xalqimizning farovon turmushini ta'minlashda tutgan o‘rni, jamiyatimizda qonun ustuvorligi hamda barqarorligiga erishish, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar xususida to‘xtaldi. Tadbir davomida talaba-yoshlarning huquqiy va siyosiy ta'lim-tarbiyasi yanada takomillashtirilib, keng tushunchalarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1