“Konstitusiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, siyosiy bilimlari mustahkamlash, Bosh qomusimizning mazmuni va mohiyatini teran anglab yetishi uchun qulay sharoit yaratish, erkin fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish va faol fuqarolik pozisiyasini yanada mustahkamlab borish maqsadida tashkil etilgan tanlov davomida jamoalar jami 2 shart bo‘yicha bellashdilar.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, fahrli 1-o‘rinni «Qalqon» jamoasi egalladi. «Adolat yoshlari» jamoasi 2-o‘rinni, «Liderlar» jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
—Ko‘rik-tanlov yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan ochiq vaodilona baholanib bordi. Shu kabi tadbirlar talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi —deydi filial yoshlar yetakchisi B.Xojabergenov.
скачать dle 12.1