SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Filialimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida a 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbir doirasida har bir millatning milliy liboslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni ochib berib, yig‘ilganlarni 16- noyabr - "Xalqaro bag‘rikenglik" kuni hamda 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bayrami munosabati bilan talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etdi. O‘yinda ishtirok etayotgan jamoalarga omad tiladi. Ko‘rik-tanlovda 5 nafar tyutorning talabalaridan tashkil topgan jami 5 ta jamoa ishtirok etishdi. Har bir jamoa o‘ziga hos chiqishlari, hazil-mutoyibalari bilan zalda o‘tirganlarga quvnoq kayfiyat bag‘ishladi. Pozitiv atmosferada o‘tkazilgan tadbir davomida talaba-yoshlar o‘z iqtidorlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga intildilar. 2-shart asosida o‘tkazilgan tanlov yakunida hakamlar hay'ati a'zolari sifatida jamoalar chiqishlarini baholab borgan tajribali QVZchilar- F.Amanov, A.Nazarov, B.Sharibaevlar so‘zga chiqib, o‘yin haqida o‘z firklarini bildirishdi va natiyjalarni e'lon qilishdi. Unga ko‘ra: 1-o‘rin — Tyutor J.Mambetniyazovning talaba-yoshlaridan tashkil topgan «Jaqsilikning kuydirgilari» jamoasi; 2-o‘rin —Tyutor B.Iskakovning talabalarining «Bratanlar» jamoasi; 3-o‘rin —Tyutor E.Djumabaevaning «El'miraning erkatoylari» jamoasi. G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlanishdi.