Quyonchilik yo‘nalishi bo‘yicha talabalar keng tushunchalarga ega bo‘lishdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining zooinjeneriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan «Yosh chorvadorlar» to‘garagi doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.
Jumladan, «Zooinjeneriya» kafedrasi mudiri X.Mamatov tashabbusi bilan mavzuga oid ko‘rgazmalar tashkil etilib, talabalarda keng tushunchalar hosil qilinmoqda. To‘garak faoliyati doirasida zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) yo‘nalishining 2-bosqich talabalariga «Quyon zotlari va ularning go‘sht mahsuldorligi» mavzusi bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.
Tadbirda direktor o‘rinbosarlari, dekan va o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mavzu bo‘yicha to‘garak a'zolarida aniq taassurotlarni uyg‘otish maqsadida zotdor quyonlar keltirilib, ko‘rgazma tashkil etildi. Qiziqarli tarzda olib borilgan dars mashg‘uloti savol-javob shaklida davom ettirildi.
скачать dle 12.1